Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daraxtni noqonuniy kesish qimmatga tushdi

Daraxtni noqonuniy kesish qimmatga tushdi

Foto: Alp-ur

Qorako‘l tumanida yashovchi 30 yoshli N.I. «Oq oltin» mahallasi hududida 4 tup daraxtni hech qanday qonuniy ruxsatsiz kesib tashlagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudining tergov sudyasi Dilmurod Qulliyevning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, buning oqibatida tabiatga 97 mln 155 ming 780 so‘m miqdorida ekologik zarar yetkazilgan.

N.I.ning xatti-harakati sudda ko‘rib chiqilgan. Sud hujjatlarida qayd etilishicha, mazkur shaxs muqaddam ham sudlangan va ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Sud majlisida ma’muriy bayonnoma, guvohlar ko‘rsatmalari hamda boshqa dalillar har tomonlama o‘rganilgan. To‘plangan dalillar asosida N.I.ning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga muvofiq, huquqiy baholangan.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida, ya’ni 10 mln 300 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan 97 mln 155 ming 780 so‘m zarar Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi foydasiga undirilishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring