Davlat ichki yuk tashuvlardagi «soyadagi biznes»ni yo‘qotmoqchi
2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-son farmon bilan tasdiqlangan yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturida Respublika hududi bo‘ylab avtomobil transportida ichki yuk tashishdagi yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Bunda tegishli vazirlik va idoralar 2026-yilning 1-avgustiga qadar:
- respublika hududi bo‘ylab avtomobil transportida ichki yuk tashishlarni chuqur tahlil qilish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish;
- o‘rganish natijalari bo‘yicha tijorat asosida respublika hududi bo‘ylab avtomobil transportida ichki yuk tashishni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritishni nazarda tutish;
- tijorat asosida avtomobil transportida ichki yuk tashishni faqatgina elektron platformalar orqali amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishi zarur.
Shuningdek, hujjat bilan Ichki ishlar vazirligi va Soliq qo‘mitasiga 2026-yil 1-martga qadar yo‘llarda tovar-transport yuk xati rasmiylashtirmasdan harakatlanayotgan yuk tashish transportlarini nazorat qilish maqsadida o‘rnatilgan kameralar orqali postlardan o‘tgan yuk tashish transporti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda Soliq qo‘mitasi axborot tizimlariga yuborishni yo‘lga qo‘yish vazifasi topshirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter