Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Energiya samarador qurilmalarni xarid qilganlarga subsidiya ajratiladi

Energiya samarador qurilmalarni xarid qilganlarga subsidiya ajratiladi

Joriy yil 24-oktyabrda «Aholi uy-joylarini energiya auditidan o‘tkazish, energiya samarador qurilmalarni xarid qilish va o‘rnatishda subsidiya ajratish to‘g‘risida »gi nizom tasdiqlandi.

Nizom aholi uy-joylarini energiya auditidan o‘tkazish xarajatlarini to‘liq qoplash, quyosh panellari, geliokollektorlar, issiqlik nasoslari hamda boshqa maishiy isitish qozonlari, qurilma va uskunalarni xarid qilish va o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.

Subsidiya talabgorga aholi uy-joylariga energiya samarador qurilma va uskunalar energiya auditori xulosasi asosida o‘rnatilganda beriladi.

Talabgor tomonidan qurilma va uskunalar xarajatlari uchun to‘lovlar subsidiya ajratiladigan qism chegirib tashlangan holda amalga oshiriladi. Qurilma va uskunalar xarajatlarining subsidiya qilinadigan qismi Energiya samaradorligi milliy agentligi  tomonidan yetkazib beruvchiga to‘lab beriladi.

Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

  • aholi uy-joylarini energiya auditidan o‘tkazish xarajatlarining 100 foizi miqdorida;
  • aholi uy-joylariga quyosh panellari, geliokollektorlar hamda boshqa maishiy isitish qozonlari, qurilma va uskunalarni xarid qilish va o‘rnatish xarajatlarining 20 foizi miqdorida;
  • aholi uy-joylariga issiqlik nasoslarini xarid qilish va o‘rnatish xarajatlarining 40 foizi miqdorida, bunda ushbu yo‘nalishda ajratiladigan subsidiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmasligi lozim.

Agar talabgor tijorat banklaridan «yashil» kreditlarni olish maqsadida uy-joylarni energiya auditidan o‘tkazish so‘rovini yuborish orqali shartnoma rasmiylashtirganda, shartnoma mablag‘i 100 foiz miqdorda oldindan o‘tkaziladi va platformada vaqtincha band qilinadi.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring