Eski «prava» egalarining guvohnomasi almashtirilishi haqidagi xabarlar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda 2021-yilga qadar milliy haydovchilik guvohnomasini olgan haydovchilar yangi imtihon markazlarida grafik asosida majburiy tartibda, bepul qayta imtihondan o‘tkazilishi haqidagi xabarlar tarqaldi.
IIV YHXX matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va hech qanday huquqiy asoslarga ega emas.
«Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatib, fuqarolarni chalg‘itmasliklarini so‘rab qolamiz», – deyiladi rasmiy munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, MJtKning 2022-moddasiga binoan, jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter