Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada salkam 3 mlrd so‘mlik hujjatsiz zargarlik buyumlari qo‘lga olindi

Farg‘onada salkam 3 mlrd so‘mlik hujjatsiz zargarlik buyumlari qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Farg‘ona viloyatida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 2,9 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari savdosining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar M.T. va M.I. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan «Z.» savdo do‘konida xorijda ishlab chiqarilgan bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib olib kirilgan zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan tegishli kirim hujjatlari umumiy bahosi 2,9 mlrd so‘mlik jami 418 dona umumiy og‘irligi 1898,42 gramm zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) va 228-1-moddasi (davlat proba tamg‘alarini tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring