Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Filippinda vayronkor to‘fon: salkam 1 million kishi evakutsiya qilindi

Filippinda vayronkor to‘fon: salkam 1 million kishi evakutsiya qilindi

Filippinda kuchli "Fung Vong" super tayfuni tufayli millionga yaqin odam evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi The Guardian mahalliy OAVga asoslanib

Manbaga ko‘ra, mamlakatning sharqiy va shimoliy hududlaridan taxminan 900 000 kishi ommaviy ravishda evakuatsiya qilingan.

Super tayfun aholi punktlariga kuchli yomg‘ir, vayronkor shamollar va bo‘ronlarni olib kelishi kutilmoqda. Umuman olganda, bo‘ron 200 millimetrdan ortiq yomg‘ir yog‘dirishi va keng ko‘lamli suv toshqini xavfini tug‘dirishi kutilmoqda. 

Yaqinda sodir bo‘lgan vayronkor tayfun bir nechta mamlakatlarda 224 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Avvalroq Kalmaegi to‘foni sabab 85 kishi halok bo‘lgandi

Filippin har yili o‘rtacha 20 ta bo‘ron va tayfunlardan aziyat chekadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring