Fransiya shaxsiy yozishmalarni kuzatishni qonuniylashtirmoqchi — Durov

Yangi qonun bu safar Germaniyaning qat’iy qarshi pozitsiyasi tufayli qabul qilinmadi.
Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiya hukumatini foydalanuvchilarining shaxsiy yozishmalarini kuzatishni qonuniylashtirishga urinishda aybladi. Bu haqda u o‘zining shaxsiy sahifasida ma’lum qildi.
Bugun Yevropa Ittifoqi sizning shaxsiy daxlsizlik huquqingizni man qilishiga oz qoldi. Har bir shaxsiy xabarni skanerlashga majburlaydigan, har bir kishining telefonini josuslik vositasiga aylantiradigan qonunga ovoz berish rejalashtirilgan edi. Germaniyaniy qat’iy qarshi pozitsiyasi tufayli bu qonun qabul qilinmadi, - deb yozadi Durov.
Uning aytishiga ko‘ra, yangi qonunni Fransiya sobiq va amaldagi ichki ishlar vazirlari – Bruno Retayo va Loran Nunes qonun loyihasini ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlagan, unga prezident Emmanuel Makron boshchiligidagi "Respublikachilar" va "Renessans" partiyalari ovoz bergan.
Ular ushbu qonunni "jinoyatchilikka qarshi kurash" bahonasida olg‘a surmoqda, lekin aslida bu qonun oddiy fuqarolarga qarshi qaratilgan. Chunki jinoyatchilar o‘z ma’lumotlarini yashirish uchun VPNdan yoki maxsus saytlardanfoydalanishi mumkin, - deydi Durov.
Shu bilan birga yangi qonun amaldorlar va politsiya xodimlari xabarlarini skanerlanmaydi, ular qulay tarzda kuzatuvdan ozod qilingan. Faqat oddiy fuqarolarning shaxsiy xabarlar va fotosuratlari oshkor bo‘lishi xavfiga duch keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter