Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Gaz narxlari oshirilgani yo‘q” — Energetika vazirligi

“Gaz narxlari oshirilgani yo‘q” — Energetika vazirligi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda “1 martdan tabiiy gaz narxi oshdi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Energetika vazirligining munosabat bildirishicha, 1 martdan tabiiy gaz narxi oshirilmagan. To‘lovlar eski tarifda amalga oshiriladi.

Biroq, 1 martdan boshlab qish mavsumida belgilangan ijtimoiy me’yor o‘zgardi.

Xabaringiz bor, isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga (100 metr kubdan 500 kub metrga) oshirilgan edi.

Xususan, noyabr — fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart — oktyabr oylarida esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy me’yor” belgilangan.

Bu tartib Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr — fevral oylarida amal qiladi.

Shu sababli, 1 martdan 31 oktyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy me’yor” amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident qaroriga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.

Jumladan, kompensatsiya miqdori:

  • Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;
  • Tabiiy gaz uchun — qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi yil davomida, har oyda berilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring