Germaniyada qozog‘istonlik shaxs qo‘lga olindi: unga jiddiy ayblov qo‘yilgan
Germaniya politsiyasi Berlinda Qozog‘iston fuqarosini hibsga oldi. u Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumon qilinmoqda.
Tergovchilarning fikricha, ushbu shaxs Germaniya mudofaa kompaniyalari haqida ma’lumotni Rossiyaga taxminan bir yil davomida uzatib turgan, deb xabar beradi Berliner Morgenpost nashri.
Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, Sergey K. 2025-yil may oyidan beri Rossiya razvedkasi bilan hamkorlik qilgan. U Ukrainaga Germaniya harbiy yordami va uchuvchisiz uchish apparatlari va robot tizimlarini ishlab chiqayotgan nemis kompaniyalari haqida ma’lumot uzatganlikda gumon qilinmoqda. Shuningdek, u Germaniyada sabotaj uchun potensial nishonlar haqida ma’lumot to‘plashda ham ayblanmoqda.
Prokurorlarning ta’kidlashicha, Sergey K. josuslikda ishtirok etish uchun odamlarni yollashga uringan va Germaniyada harbiy karvonlarni suratga olgan. 28-fevral kuni politsiya uning kvartirasini tintuv qildi. U 29- aprel kuni birinchi marta sud qilinadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter