Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

HAMAS G‘azo sektori bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi — birinchi bosqich ortda qoldi

HAMAS G‘azo sektori bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi — birinchi bosqich ortda qoldi

Foto: Global Look Press

HAMAS G‘azo sektori bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi, bu haqda Al Mayadeen manbalarga asoslanib xabar berdi.

Bugun, 9-oktyabr kuni Misrda kelishuv rasman imzolanishi kutilmoqda.

News Nation muxbiri Kelli Meyerning ma’lum qilishicha, Isroil va HAMAS Tramp tinchlik rejasining birinchi bosqichi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Birinchi bosqichda garovga olinganlar va mahbuslarni almashish ko‘zda tutilgan, bu yaqin 48 soat ichida amalga oshirilishi mumkin, qolgan masalalar bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, dedi Meyer.

Voqea yuzasidan AQSh prezidenti Donald Tramp bayonot berib, tinchlik rejasining birinchi bosqichi bo‘yicha kelishuvga erishilganidan mamnunligini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring