«Jahannam Najoti» Turkiyada qo‘lga olindi

Jinoyat olamida «Jahannam Najoti» (Cəhənnəm Necati) laqabi ostida tanilgan Jo‘shqun Arabaji Turkiyada qo‘lga olindi, deb xabar berdi Türkiye Today.
Shuningdek, «Kyoln otasi» (Germaniyadagi shahar — tahr.) laqabi bilan ham mashhur Arabaji qilmagan jinoyat qolmagan — u pul yuvish va tovlamachilik, giyohvand moddalar savdosi va qurol kontrabandasi bilan shug‘ullanganlikda ayblanyapti.
Arabaji 7 oktyabr kuni Izmir aeroportida qo‘lga olingan. 53 yoshli jinoyatchi Interpol tomonidan xalqaro qidiruvda edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter