Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kompyuterlardan tortib maishiy texnikalargacha

Kompyuterlardan tortib maishiy texnikalargacha

12-avgust kuni «Acer» kompaniyasi O‘zbekiston OAV vakillari uchun matbuot tadbiri tashkil qildi. Unda yangi texnologik yechimlar namoyish etildi. Tadbir spikeri sifatida EMEET mintaqasi bo‘yicha «Acer» vitse-prezidenti Grigoriy Nizovskiy chiqish qildi.

Kompaniya faoliyati 1976-yil 1-avgustda Tayvanda boshlangan. Dastlab 25 000 dollar bilan ish boshlagan kompaniya «Multitech» nomi ostida ta’sis etilgan bo‘lib, mikroprotsessorli texnologiyalar sohasida mahsulotlar savdosi, ishlab chiqilishi hamda konsalting bilan shug‘ullangan.

1987-yili «Multitech» kompaniyasi «Acer» nomini oldi. O‘tgan yillar davomida kompaniya texnologik startapdan 160 dan ziyod mamlakatda taqdim etilgan xalqaro guruh darajasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

Bugungi kunda «Acer» kompyuterlar va displeylar, o‘yin qurilmalari, AI PC, monitorlar, ekotizimli yechimlar va boshqa texnologik yo‘nalishlardagi yechimlarni rivojlantirmoqda. Guruh butun dunyo bo‘ylab 12 ming atrofida xodimni birlashtiradi.

«Acer»ning yubiley kampaniyasi «To‘siqlarni yengib o‘tishning 50 yilligi» shiori ostida o‘tmoqda. Bu g‘oya kompaniya falsafasini — insoniyat va texnologiyalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etib, innovatsiyalarni hammaboproq qilish g‘oyasini aks ettiradi.

2015–2025-yillarda «Acer» tomonidan butun dunyodagi o‘quvchilarga 30 milliondan ortiq «Chromebook» noutbuklari taqdim etildi. Uylar, maktablar va korxonalarga yetkazib berilgan «Acer» qurilmalari umumiy soni esa 180 milliondan oshadi.

Qayd etilishicha, kompaniya qurilmalar va dasturiy yechimlarda SI qo‘llanilishini kengaytirib, texnologiyalarni yanada shaxsiyroq va kundalik hayotda foydaliroq qilishga intilmoqda.

Ta’kidlanishicha, insonlar va texnologiyalar o‘rtasidagi to‘siqni bartaraf etib, innovatsiyaning hammabop bo‘lishini ta’minlashni missiya qilib olgan «Acer» nafaqat kompyuter texnologiyalari, balki uy, oshxona, tozalash, soch parvarishi va tibbiy texnikalar ham ishlab chiqarmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring