Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Madurogacha yana bir davlat rahbari 3-yanvarda qo‘lga olingan

Madurogacha yana bir davlat rahbari 3-yanvarda qo‘lga olingan

Foto: La prensa

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Panama rahbari Manuel Antonio Norega hibsga olinganiga roppa-rosa 36 yil to‘lgan kunda qo‘lga olinganini CBS News eslatmoqda.

Katta Jorj Bush 1989-yil oxirida AQSh harbiylariga Panamaga bostirib kirishni buyuradi, Norega Vatikan elchixonasiga yashirinadi va keyinroq — 1990-yil 3-yanvar kuni amerikaliklarga taslim bo‘ladi.

U AQShda sud qilinadi, giyohvand moddalar savdosida ayblanib 40 yilga qamalib, shundan 20 yilini Amerika qamoqxonasida o‘tkazadi (Nikolas Maduro ham narkoterrorizmda ayblanmoqda — tahr.). Norega 2010-yilda Fransiyaga ekstraditsiya qilinadi, bu yerda sud pul yuvishda ayblab yetti yil qamoq jazosini belgilaydi. Fransiya 2011-yilda Noregani Panamaga topshiradi, u o‘z vatanida siyosiy qotilliklar va yana boshqa jinoyatlarda ayblanib 20 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Faqat 2017-yildagina unga uy qamog‘iga ruxsat beriladi — uning bosh miyasidagi zararsiz o‘simtani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash zarurati paydo bo‘lgandi. Ammo jarrohlik amaliyoti yaxshi o‘tmadi. Isyonkor va darbadar siyosatchi 83 yoshida vafot etdi.

Manuel Antonio Norega Moreno (1934–2017) — panamalik harbiy va davlat arbobi, Panama milliy gvardiyasi oliy bosh qo‘mondoni, 1983–1989-yillarda Panamaning amaldagi rahbari. Rasman hech qanday davlat lavozimlarini egallamagan, ammo «Panama milliy ozodligining oliy rahbari» unvoni bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring