Mashhur «gazetniy korpus» binosi kelgusi yilda foydalanishga topshirilishi mumkin
Ma’lumki, xalq tilida «gazetniy korpus» deb ataladigan bino Prezident qaroriga muvofiq O‘zbekiston milliy axborot agentligi – O‘zA tasarrufiga operativ boshqaruv asosida topshirilishi belgilangan. Hozirda davlat budjeti hisobidan bu yerda qurilish va ta’mirlash ishlari faol davom etmoqda.
Yangi Matbuot uyida faqat O‘zA emas, balki markaziy gazetalar tahririyatlari uchun ham joy ajratiladi. Shu tariqa, bu maskan mamlakatimizning haqiqiy media markaziga aylanadi.
Media shaharchaning qurilishi – bu shunchaki yangi bino emas, balki O‘zbekistonning axborot sohasini yangilash va rivojlantirish yo‘lidagi qat’iy qadamdir.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter