Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«MAXAM-CHIRCHIQ» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

«MAXAM-CHIRCHIQ» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

«MAXAM-CHIRCHIQ» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid qonun va normativ-huquqiy hujjatlar talablari ijrosini ta’minlanishi yuzasidan «MAXAM-CHIRCHIQ» AJ faoliyatida tekshirish o‘tkazilgan

Tekshiruvda 11 ta holatda kamchilik aniqlanganligi, jumladan chang-gaz tozalash uskunasining samaradorligi me’yoriy hujjat talabiga javob bermasligi, ifloslantiruvchi moddalar belgilangan me’yordan ortiq chiqarilayotganligi, kimyoviy moddalar belgilangan hududda joylashtirilmaganligi, suv tarkibidagi kimyoviy moddalarning ortiqcha chiqarilayotganligi, kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida to‘liq amalga oshirilmaganligi natijasida amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilinmagan.

Shu bois Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi sudga ariza bilan murojaat qilib,«MAXAM-CHIRCHIQ» AJning faoliyatini kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatishni so‘ragan.

Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2025-yil 26-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan «MAXAM-CHIRCHIQ» AJning faoliyati aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring