Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mehnatkash ayol ishdan bo‘shatildi

Mehnatkash ayol ishdan bo‘shatildi

Illyustrativ foto

Buyuk Britaniyada 16 yil davomida yashirincha ikkita joyda ishlagan ayol ishdan bo‘shatildi.

Mulikat Ogumodede 2008-yildan 2024-yilgacha haftasiga besh kun soat 08:00 dan 17:00 gacha Deutsche Bankda, soat 22:00 dan 06:00 gacha esa parlament binosida farroshlik qilgan, deb yozdi Daily Mail. Ayol kechqurun besh soat va ertalab ikki soat tanaffus bilan sutkasiga 17 soat ishlagan. Shu tarzda 16 yil!

Ayol bir vaqtning o‘zida ikki joyda ishlayotgani aniqlangach, ish vaqtini cheklash to‘g‘risidagi qonunni buzgan deb, parlamentdagi ishi (farroshlik)dan haydashdi. Ayolni Deutsche Bankka ishga joylagan Churchill Contract Services klining kompaniyasi siyosatiga ko‘ra, ishchilar smenalar o‘rtasida 11 soat tanaffus qilishlari shart. Qizig‘i, ushbu kompaniya parlament bilan mehnat shartnomasi tuzayotganida Mulikat Ogumodede bu yerda allaqachondan buyon ishlab kelayotgani ma’lum bo‘lgan.

Ayol ish beruvchini sudga berib, kompaniyani nohaq ishdan bo‘shatish va buning uchun belgilangan nafaqani to‘lamaslik va ish haqidan noqonuniy ushlab qolishda aybladi. Ammo uning da’volari rad etildi.

Adolatli qonun — mehnatkash xodimga qarshi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring