Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikadagi ayanchli yong‘inda 22 kishi halok bo‘ldi

Meksikadagi ayanchli yong‘inda 22 kishi halok bo‘ldi

El Universal nashrining xabar berishicha, Meksikaning shimoli-g‘arbiy qismidagi Hermosillo shahridagi do‘konda sodir bo‘lgan yirik yong‘inda kamida 22 kishi, jumladan, to‘rt bola halok bo‘ldi

Gazeta xabariga ko‘ra, yana 12 kishi turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Yong‘in do‘kon kirish joyi yaqinida sodir bo‘lgan portlashdan keyin boshlangan va ba’zi xaridorlar ichkarida qolib ketgan.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan. 

Sonora shtati rasmiylari texnik nosozlik va yonuvchan materiallar mavjudligi ehtimolini hisobga olib, voqea yuzasidan tergov boshladilar. Viloyat gubernatori Alfonso Durazo qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi va jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatishni buyurdi. Hermosillo shahar hokimiyati madaniy festival uchun rejalashtirilgan barcha tadbirlarni bekor qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring