Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NASA «Artemida 3» missiyasi ekipajini tanishtirdi

NASA «Artemida 3» missiyasi ekipajini tanishtirdi

«Artemis 3» ekipaji a’zolari: (chapdan o‘ngga): Andre Duglas, Luka Parmitano, Rendi Bresnik, Frenk Rubio.

Foto: NASA

NASA 2027-yilda «Artemida 3» (Artemis 3) missiyasi doirasida Oyga uchib ketadigan astronavtlar nomini e’lon qildi, deb xabar berdi BBC.

Ekipaj tarkibiga NASA astronavtlari: Rendi Bresnik (ekipaj komandiri), Andre Duglas, Frenk Rubio (mutaxassislar) hamda Yevropa fazoviy agentligi astronavti Luka Parmitano (uchuvchi) kirdi.

«Ushbu missiya kelajakning boshlanishini anglatadi», — dedi NASA rahbari Jared Ayzekman.

Uchinchi missiyada ham Oyga qo‘nish rejalashtirilmagan, ammo uning davomida olingan ma’lumotlar Oy dasturining keyingi bosqichi uchun muhim ahamiyat kasb etadi, deya bayonot berdi NASA.

2028-yilda, olis tanaffusdan so‘ng, inson Oyga qadam qo‘yishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring