Nikoh yoshini kamaytirishga faqat ikki holatda ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekistonda nikoh yoshini bir yilga kamaytirish mumkin bo‘lgan holatlarni aniq belgilash taklif etilmoqda.
Bu haqda Senat yalpi majlisida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Oila kodeksining 15-moddasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan va hozir Prezident Administratsiyasida ko‘rib chiqilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, tuman yoki shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga faqat homiladorlik yoki bola tug‘ilgan hollarda kamaytirishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, “Adliya Plus” mobil ilovasi va my.adliya.uz orqali 18 yoshga to‘lmagan shaxsning nikoh uchun onlayn ariza topshirishiga avtomatik cheklov o‘rnatilgan. Bunday ariza faqat hokimning tegishli qarori tizimga kiritilgandan keyin qabul qilinishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter