Nikolya Sarkozi qamoqda o‘tgan 20 kuni haqida kitob yozdi
Fransiyaning sobiq prezidenti, 70 yoshli Nikolya Sarkozi qamoqda o‘tgan 20 kuni haqida yozgan kitobi nashr etilganini e’lon qildi.
«Qamoqxonada tomosha qiladigan va shug‘ullanadigan hech narsa yo‘q. Juda ko‘p narsalarni eshitish mumkin bo‘lgan La-Santa qamoqxonasida sukunat nimaligini unutdim», — kitobdan iqtibos keltiriladi «Fayar» nashriyoti matbuot relizida.
Sarkozi yozishicha, qamoqxonadagi shovqin hech qachon to‘xtamaydi. U qamoqdagi hayotni sahroga o‘xshatdi, bu yerda hayot uchun chinakam kurash ketadi.
«Nikolya Sarkozi: Mahkumning kundaligi» deb nomlangan kitob 10 dekabrda sotuvga chiqariladi. Kitob 216 sahifadan iborat, Sarkozi qamoqxonada o‘tkazgan har bir kuni uchun 11 ga yaqin sahifa ajratgan.
Ma’lumot uchun: 2025-yilning 10-noyabr kuni Parij apellyasiya sudi Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi advokatlarining dalillarini ma’qullab, uni ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirdi. 21-oktyabrdan buyon La-Santa qamoqxonasida saqlanayotgan siyosatchi endilikda sud nazoratiga olindi. Fransiya bosh prokuraturasi sud qaroriga e’tiroz bildirmadi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy sud 27 yil va uch oy muddatga ozodlikdan mahrum qilgan Braziliya sobiq prezidenti — 70 yoshli Jair Bolsonaru bugun mamlakat federal politsiyasi tomonidan hibsga olingan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter