Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar soni 49 mingdan oshgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan professor-o‘qituvchi xodimlar soni (o‘rindoshlarsiz) 49,6 ming kishini tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2020/2021 o‘quv yili boshiga nisbatan 17,5 ming kishiga, ya’ni 54,5 foizga oshgan.
Professor-o‘qituvchi xodimlar sonida erkaklar 26,7 ming nafarni (53,8 %), ayollar esa 22,9 ming nafarni (46,2 %) tashkil etgan.
Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2,7 ming nafar
Andijon viloyati — 3,1 ming nafar
Buxoro viloyati — 3,2 ming nafar
Jizzax viloyati — 2,1 ming nafar
Qashqadaryo viloyati — 2,2 ming nafar
Navoiy viloyati — 1,1 ming nafar
Namangan viloyati — 2,3 ming nafar
Samarqand viloyati — 4 ming nafar
Surxondaryo viloyati — 2 ming nafar
Sirdaryo viloyati — 0,7 ming nafar
Toshkent viloyati — 2,5 ming nafar
Farg‘ona viloyati — 2,7 ming nafar
Xorazm viloyati — 2,1 ming nafar
Toshkent shahri — 18,9 ming nafar


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter