Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltin va kumush narxlari tarixiy rekordini yangiladi

Oltin va kumush narxlari tarixiy rekordini yangiladi

Jahon bozorlaridagi beqarorlik va dollarga bo‘lgan ishonchning pasayishi fonida oltin va kumush narxlari tarixiy rekordlarni yangiladi. Tokio birjasidagi savdo ma’lumotlariga ko‘ra, kumush ilk bor unsiyasi uchun 75 dollardan oshib ketdi. Oltin ham ortda qolmadi — uning narxi unsiyasi uchun 4 531 dollarga yetib, yangi tarixiy maksimumni qayd etdi.

Qimmatbaho metallar narxining keskin oshishiga asosiy sabab — jahon bozorlarida xavotirning kuchayishidir. Iqtisodiy noaniqlik va geosiyosiy ziddiyatlar investorlarni «xavfsiz sarmoya» hisoblangan aktivlarga yo‘naltirmoqda. Bunday sharoitda oltin va kumush an’anaviy ravishda ishonchli sarmoya sifatida qaraladi.

Yil boshidan beri oltin narxi qariyb 70 foizga, kumush esa 150 foizdan ortiqqa oshdi. Bunday tezkor o‘sish oxirgi marta 1970-yillar oxirida kuzatilgan edi. Shu bilan birga, kumush nafaqat inqiroz davri aktivi, balki muhim sanoat resursi sifatida ham qimmatlashmoqda. U yarimo‘tkazgichlar, data-markazlar uskunalari va sun’iy intellekt texnologiyalarida keng qo‘llaniladi.

Bozorlarga qo‘shimcha bosim AQShdan ham kelmoqda. Donald Trampning Oq uyga qaytishi va uning Federal rezerv tizimi bilan ochiq qarama-qarshiliklari dollarga hamda AQSh davlat obligatsiyalariga bo‘lgan ishonchni yanada susaytirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring