Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ona 3 yoshli bolasiga nisbatan zo‘ravonlik qilib kelgani aniqlandi

Toshkentda ona 3 yoshli bolasiga nisbatan zo‘ravonlik qilib kelgani aniqlandi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 3 yoshli bolaga nisbatan muntazam jismoniy zo‘ravonlik qilingani va unga uxlatuvchi dori vositalari berilgani aniqlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Bolalar ombudsmani kotibiyatiga bir guruh fuqarolar murojaat qilib, qo‘shnisi A.T. (1989 yilda tug‘ilgan ayol) voyaga yetmagan farzandi A.I. (2023 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola)ga muntazam ravishda jismoniy zo‘ravonlik qilayotgani, bolaga uxlatuvchi dori berib, uni qarovsiz va parvarishsiz qoldirayotganini ma’lum qilgan.

Bolalar ombudsmanining rasmiy so‘rovi asosida holat ichki ishlar organlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘rganilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi — «Qiynash» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, bolaga nisbatan himoya orderi rasmiylashtirilgan.

Hozirda bolaning sog‘lig‘ini tiklash uchun zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. Uning sog‘lig‘i barqaror va yaxshi holatda ekani qayd etilgan.

Shuningdek, tuman vasiylik organi tomonidan bolaning qonuniy manfaatlaridan kelib chiqib, unga vaqtincha vasiylik ta’minlangan. Bolaning onasini ota-onalik majburiyatlarini bajarmagani sababli onalik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha sudga taqdim etiladigan hujjatlar tayyorlanmoqda.

Bolalar ombudsmani bolaning xavfsiz va sog‘lom muhitda yashashini ta’minlash masalasi bo‘yicha holatni kuzatishda davom etishini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring