OpenAI mingyillikning ikkinchi masalasini yechdi
Sun’iy intellekt mingyillikning yettita murakkab masalasidan biri — Nave–Stoks tenglamalarini yechishga muvaffaq bo‘ldi. Buning uchun taxminan 10 ming sun’iy intellekt agentidan foydalanilib, jami 88 soat vaqt sarflandi.
Natija nafaqat bajarilgan vazifa nuqtai nazaridan, balki tizim shunchaki ma’lumotlarni saralab chiqmasdan, yuqori darajadagi abstrakt fikrlashni namoyish etgani bilan ham juda muhim deb baholanmoqda.
Bungacha mazkur yettita masaladan faqat bittasiga yechim topilgan edi — 2003-yilda uni rossiyalik matematik Grigoriy Perelman isbotlagan. Xabar qilinishicha, Nave–Stoks tenglamalarini yechish uchun insoniyatga taxminan 200 yil vaqt kerak bo‘lardi.
OpenAI tadqiqotchilarga o‘z modellaridan foydalanishni tavsiya etib, katta ehtimol bilan shu tariqa matematiklarni dog‘da qoldirdi.
Kod va internetning arxiv nusxasiga kirish huquqiga ega bo‘lgan 10 ming agentdan iborat tizim tasdiqlarning isbotlari va raddiyalarini izladi, shuningdek, yordamchi vazifalarni, jumladan, Eyler tenglamalarini yechdi.
Yakunda OpenAI Nave–Stoks tenglamalari yechimlarining mavjudligi va silliqligi muammosini hal qildi. Ish 5-sentyabr kuni yakunlandi, shundan so‘ng natijalar GPT-6 Astra yordamida yana 17 soat davomida tekshirildi. Tadqiqot davomida agentlar 2,7 millionta xabar almashdilar va 130 milliard token yaratdilar — bu taxminan 1 millionta kitob hajmiga teng.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter