Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Venesuelani yengib xalqaro turnirda g‘olib chiqdi

O‘zbekiston Venesuelani yengib xalqaro turnirda g‘olib chiqdi

Foto: O‘FA.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan FIFA Series turniri g‘olibi aniqlandi. Finalda O‘zbekiston va Venesuela termalari o‘zaro to‘qnash keldi

Ammo 90 daqiqada gol ko‘rish muxlislarga nasib etmadi. Har ikki tomon hisobni ochish uchun imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvning asosiy daqiqasida hisob ochilmadi.

Shu sababdan penaltilar seriyasi belgilandi.  Penaltilar seriyasida O‘zbekiston termasi 5:4 hisobida g‘alaba qozondi. 

Shu tariqa vatandoshlarimiz FIFA Series o‘rtoqlik turniri g‘olibi bo‘ldi. 

Ushbu turnirda Venesuela ikkinchi, Gabon termasi esa 3-o‘rinni egalladi.  Trinidad va Tobagoga esa oxirgi o‘rin nasib etdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring