O‘zbekistondan Gruziyaga yuk tashuvchilar uchun elektron ruxsatnoma tizimi joriy etildi
O‘zbekiston Transport vazirligi Gruziya bilan hamkorlikda xalqaro avtomobil yuk tashuvlari uchun elektron ruxsatnoma — E-permit tizimini joriy qildi.
Yangi tizim xalqaro avtomobil yuk tashuvlari uchun ruxsatnomalar olish jarayonini soddalashtirish, milliy tashuvchilar uchun qulay sharoit yaratish, jarayonlarni raqamlashtirish va ortiqcha ovoragarchiliklarni kamaytirishga qaratilgan.
Shu maqsadda Gruziya bilan «ikki tomonlama», «tranzit» hamda «uchinchi davlatga/dan» yo‘nalishlar bo‘yicha ruxsatnoma blankalari taqsimlanadigan blankalar turidan chiqarildi.
Endilikda mazkur turdagi ruxsatnomalar milliy tashuvchilarga ularning arizalari asosida faqat elektron shaklda — E-permit orqali beriladi.
Tizimning joriy etilishi ruxsatnomalarni olish jarayonini tezlashtirish, qog‘oz shaklidagi blankalardan foydalanishni qisqartirish va inson omilini minimallashtirish imkonini beradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter