O‘zbekistonlik soliqchilar blogerlarni soliqqa tortish masalasini o‘rganyapti
Soliq qo‘mitasi delegatsiyasi Moskva shahriga ishchi tashrif bilan borib, rossiyalik hamkasblari bilan o‘zaro tajriba almashmoqda.
Tashrifning birinchi kunida tomonlar blogerlar hamda internet tarmog‘ida faoliyat yurituvchi boshqa shaxslar daromadlari ustidan soliq nazoratini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Xususan, soliq xizmati brendini ommalashtirish, ochiqlik darajasini oshirish va fuqarolar ishonchini mustahkamlash maqsadida media hamjamiyat bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, Rossiya tomoni soliq organlari faoliyatida xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan ya’ni, soliq to‘lovchilar uchun qulay xizmatlar yaratish, ular bilan o‘zaro samarali hamkorlik o‘rnatish, mavjud tartib-taomillarni soddalashtirishga qaratilgan yondashuvlarni joriy etish amaliyotini taqdim etdi.
Mazkur tajriba almashish jarayoni ilg‘or yechimlarni o‘rganish va ularni kelgusida O‘zbekiston soliq organlari faoliyatida qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga xizmat qiladi.
Manba: t.me


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter