O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga boryapti?
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida 4,4 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davri bilan solishtirilganda 45,6 ming nafarga oshgan.
Safarlar geografiyasida qo‘shni davlatlar yaqqol ustunlik qilgan. Xususan, birinchi uchlikni Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston va Tojikiston egallagan. Ushbu davlatlarga jami 3,5 mln nafardan ortiq safar amalga oshirilgan.
Qirg‘iz Respublikasi o‘zbekistonliklar eng ko‘p borgan davlat bo‘lgan — 1 981 542 nafar fuqaro ushbu mamlakatga safar qilgan.
Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston — 805 437 nafar va Tojikiston — 744 974 nafar bilan qayd etilgan. Rossiyaga 222 605 nafar o‘zbekistonlik borgan.
Top-10 ro‘yxatining keyingi pog‘onalarini Saudiya Arabistoni — 167 337 nafar, Turkiya — 166 893 nafar va Birlashgan Arab Amirliklari — 47 020 nafar bilan egallagan.
Xitoyga 43 581 nafar, Misrga 32 470 nafar va Vetnamga 28 224 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda safar qilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter