Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar ko‘chmas mulk xizmatlariga salkam 19 trln so‘m sarfladi

O‘zbekistonliklar ko‘chmas mulk xizmatlariga salkam 19 trln so‘m sarfladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonliklar ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarga 18,8 trln so‘m sarflagan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 18,8 trln so‘mga yetgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,3 % ga o‘sgan.

 Hududlar kesimida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi:

Toshkent shahri – 11,3 trln so‘m

Toshkent viloyati – 1,3 trln so‘m

Samarqand viloyati – 933,8 mlrd so‘m

Farg‘ona viloyati – 795,3 mlrd so‘m

Andijon viloyati – 664,8 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati – 540,1 mlrd so‘m

Namangan viloyati – 539,3 mlrd so‘m

Buxoro viloyati – 484,7 mlrd so‘m

Surxondaryo viloyati – 480,9 mlrd so‘m

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 419,8 mlrd so‘m

Xorazm viloyati – 410,2 mlrd so‘m

Navoiy viloyati – 387,4 mlrd so‘m

Jizzax viloyati – 233,6 mlrd so‘m

Sirdaryo viloyati – 222,2 mlrd so‘m. 

Avvalroq kartoshka yetishtirish bo‘yicha yetakchi viloyatlar ma’lum bo‘lgandi

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring