Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning Mudofaa doktrinasi qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonning Mudofaa doktrinasi qayta ko‘rib chiqiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda zamonaviy xavf va tahdidlar sharoitida 8 yil avval qabul qilingan Mudofaa doktrinasi hamda 1997 yilda tasdiqlangan Milliy xavfsizlik konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgani qayd etildi.

Yangi Mudofaa doktrinasi O‘zbekistonning hech qaysi harbiy blokka qo‘shilmaslik maqomini saqlab qolishi, ko‘p tomonlama diplomatiyaga tayanishda davom etishi va yuqori texnologiyalarga asoslangan harbiy strategiyani belgilab berishi lozimligi ta’kidlandi.

Prezidentning aytishicha, yangi doktrina armiyani texnologik yangilash va ilg‘or harbiy yechimlarni joriy etish uchun mustahkam asos bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekiston armiyasida dron bo‘linmalari tashkil etilgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring