Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 73 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 73 mlrd dollarga yetdi

2025-yil yanvar–noyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 72,8 mlrd AQSh dollariga yetdi va 2024-yilning yanvar–noyabriga nisbatan 13 018,4 mln AQSh dollariga yoki 21,8 foizga ko‘paydi.

TSAda eksport hajmi 30 mlrd 894,8 mln AQSh dollariga (2024-yilning yanvar–noyabr oylariga nisbatan 26,2 foizga o‘sdi) va import hajmi 41 mlrd 885,4 mln AQSh dollariga (18,7 foiz o‘sish) yetdi. Hisobot davrida tashqi savdo balansi 10 mlrd 990,6 mln AQSh dollari miqdorida manfiy saldo bilan shakllangan.

Import hajmi esa 41 mlrd 885,4 mln AQSh dollariga yetdi va 2024-yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga o‘sdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (33,6 foiz), sanoat tovarlari (15,7 foiz) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,2 foiz) hisobiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston jahonning 210 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (20,1 foiz), Rossiya (16,2 foiz), Qozog‘iston (6 foiz), Turkiya (3,7 foiz) va Koreya Respublikasi (2,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 72,6 foizni tashkil etib, unda asosan sanoat tovarlari (11,3 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (8,7 foiz), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (6 foiz) va har xil tayyor mahsulotlar hissasi yuqori (5 foiz) bo‘ldi.

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlar Rossiya (13 foiz), Xitoy (6 foiz), Afg‘oniston (4,3 foiz), Qozog‘iston (4,3 foiz), Turkiya (3,3 foiz), Fransiya (2,5 foiz), BAA (2,1 foiz), Qirg‘iz Respublikasi (1,8 foiz), Tojikiston (1,7 foiz) va Pokiston (1 foiz) kabi davlatlar bo‘ldi. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 40 foizni tashkil etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring