Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zgidromet» qalin tuman sabab ogohlantirish e’lon qildi

«O‘zgidromet» qalin tuman sabab ogohlantirish e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» qalin tuman sabab aholiga murojaat qildi

2026-yil 8-yanvar soat 22:00 holatiga ko‘ra, Toshkent, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlari, Toshkent shahri hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida tuman kuzatilmoqda. 

Mazkur holat 9-yanvar kuni ertalabki soatlarga qadar, Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida esa kun davomida saqlanib qoladi. 

Qayd etish joizki, Buxoro, Qarshi, Termiz, Toshkent, Namangan va Andijon shaharlarida ko‘rinish masofasi 50–100 metrni tashkil etmoqda. 

«Hurmatli yurtdoshlar! Respublikamiz hududlarida qalin tuman tushishi va havo inversiyasi holati yuzaga kelgani sababli, yo‘llarda harakatlanishda ehtiyotkorlik choralariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz», deyiladi tashkilot xabarida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring