Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polshalik erkak 139-urinishda haydovchilik uchun imtihondan o‘tdi

Polshalik erkak 139-urinishda haydovchilik uchun imtihondan o‘tdi

Illyustrativ foto

Polsha fuqarosi to‘qqiz yillik muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng, haydovchilik guvohnomasi uchun nazariy imtihonni 139-urinishda topshirishga erishdi.

Mamlakatning Tarnuv shahrida yashovchi erkak 2017-yildan beri nazariy imtihon topshirib kelayotgan edi. Mahalliy yo‘l harakati markazi direktori Pavel Gurgulning ta’kidlashicha, nomzod haydovchilik guvohnomasi unga naqadar zarurligini isbotlab, tinmay mashq qilgan. U tayyorgarlik jarayonida to‘liq savollar bazasiga ega bo‘lmagan testning demo-versiyasidan foydalangan. To‘liq dasturga o‘tganidan so‘ng, u natijalarini yaxshilagan va imtihondan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.

Shu vaqt ichida erkak urinishlari uchun minglab zlotiy sarflagan bo‘lsa-da, taslim bo‘lmadi va endi amaliy imtihonni kutmoqda. Ushbu holat Polsha uchun noyob hodisa emas, negaki, nazariyadan 163 marta yoki amaliyotdan 58 marta yiqilgan nomzodlar ham bo‘lgan.

Qizig‘i shundaki, nazariyani sust bilish doim ham haydash imtihoniga ta’sir qilmaydi: ko‘pchilik testlardan yiqilsa-da, amaliy imtihonni birinchi urinishdayoq topshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring