Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident prokuratura organlari xodimlarini tabrikladi

Prezident prokuratura organlari xodimlarini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlari va faxriylariga tabrik yo‘lladi.

Tabrikda so‘nggi yillarda prokuratura organlari faoliyatida amalga oshirilgan islohotlar, tizimning xalqqa yaqinlashgani, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonun ustuvorligi va adolatni qaror toptirishdagi natijalar alohida qayd etildi. O‘tgan yilda qariyb 512 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangani, 54 mingga yaqin murojaat, jumladan, salkam 29 ming nafar tadbirkorning masalalari hal etilgani ta’kidlandi.

Qurilish, yer resurslaridan foydalanish, xotin-qizlar va yoshlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, yoqilg‘i-energetika, ekologiya hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarida joriy etilgan yangi mexanizmlar ijobiy samara bergani qayd etildi. Yashirin iqtisodiyotga qarshi choralar natijasida davlat budjetiga 22,3 trillion so‘m qo‘shimcha tushum undirilgani, qurilish sohasida 3,9 trillion so‘m ortiqcha xarajatning oldi olingani ma’lum qilindi.

Shuningdek, kriminogen vaziyatni tahlil qilish va profilaktika ishlari asosida mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, og‘ir toifadagi mahallalar sonini qariyb 1,5 barobar kamaytirishga erishilgani ta’kidlandi. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan 10 mingdan ortiq huquqbuzarlikka chek qo‘yilib, 1,8 trillion so‘m zarar undirilgani hamda 13 mingdan ziyod shaxs faoliyati legallashtirilgani qayd etildi.

Prezident prokuratura idoralari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, tergov jarayonlarini raqamlashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashda ochiqlik va namunaviylikni kuchaytirish dolzarb vazifa ekanini ta’kidlab, soha xodimlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring