Qamchibek Tashiyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha so‘roq qilinyapti
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyev mamlakatga qaytgan va hozirda IIV tergov bosh boshqarmasida so‘roq qilinmoqda.
Manbalarga ko‘ra, u 17-fevraldan buyon mamlakat tashqarisida bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarda Tashiyev ikki jinoyat ishi bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilinayotgani aytiladi.
Hozircha tergov tafsilotlari ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, bu ma’lumotlar hozircha rasmiy ravishda tasdiqlanmadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham hali izoh bermagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter