Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqamli xizmatlar yanada yaqin: Jizzaxda Mobiuz’ning yirik ofisi ochildi

Raqamli xizmatlar yanada yaqin: Jizzaxda Mobiuz’ning yirik ofisi ochildi

Endi Jizzax aholisi va mehmonlari yangi standartda ishlaydigan Mobiuz innovatsion Xizmat ko‘rsatish markaziga tashrif buyurishlari mumkin.

Jizzax shahrining eng markazida, Sharof Rashidov shoh ko‘chasida uch qavatli Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazi faoliyat yurita boshladi. U ko‘chaga yangi va zamonaviy ko‘rinish berib, shaharning ishbilarmonlik markazlaridan birining yangi qiyofasini shakllantirmoqda.

Bu markaz kompaniyaning texnologik taraqqiyoti va innovatsion yondashuvining ramzi bo‘lib, ilg‘or texnologiyalar har bir mijoz uchun qulaylik va qo‘lay sharoit bilan uyg‘unlashgan makonni yaratmoqda.

Yangi Xizmat ko‘rsatish markazi har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlaydi va tariflar hamda internetga ulanishdan tortib, maslahatlar va texnik qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan barcha xizmatlarni taqdim etadi. Bevosita ofisning o‘zida turli qurilmalar va gajetlarni, jumladan, bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilish imkoniyati mavjud.

Ofisda elektron navbatni boshqarish tizimlari va axborot beruvchi ekranlarga ega qulay mijozlar hududi yaratilgan. Bu kutish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish va xizmat ko‘rsatish jarayonini maksimal darajada qulay qilish imkonini beradi.

Ofis majmua sifatida noldan qurilgan bo‘lib, unda abonentlarga, korporativ mijozlarga, dilerlarga xizmat ko‘rsatish zallari, xizmat xonalaridan tashqari, kommutatsiya markazi va mintaqadagi tarmoqning uzluksiz va barqaror ishlashi uchun barcha texnologik resurslar joylashtirilgan.

Xodimlar muntazam ravishda maxsus treninglardan o‘tadilar va mijozlarga maksimal g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga yordam beradigan sharoitlarda ishlaydilar. Shu tufayli har bir tashrif buyuruvchiga shaxsiy yondashiladi hamda har qanday masalaga yechim topadi.

Jizzaxdagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazi rahbari Jamshid Xolmatovning gaplariga ko‘ra:

"Mobiuz innovatsion Xizmat ko‘rsatish markazining ochilishi Jizzax va butun viloyat uchun muhim bosqichdir. Biz texnologiyalar va qulaylik mijozlarga yo‘naltirilgan zamonaviy makonni taklif etmoqdamiz. Biznesni rivojlantirish va odamlar hayotini yaxshilashga yordam beradigan sifatli aloqa va xizmatlarni ta’minlash biz uchun muhimdir. Ushbu markaz nafaqat Mobiuz olamiga kirish nuqtasi, balki mintaqadagi raqamli taraqqiyot ramziga ham aylanmoqda».

Jizzaxdagi Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazi - operatorning g‘amxo‘rligi va qo‘llab-quvvatlashini his qiladigan zamonaviy va texnologik makondir. Bu Mobiuzning insonlarni birlashtirib, innovatsiyalar bilan kelajak sari intilish missiyasiga to‘liq mos keladi.

Ofis manzili: https://yandex.uz/maps/-/CLRxfH9I

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring