Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda O‘zbekiston Slovakiya qo‘shma konserti bo‘lib o‘tdi

Samarqandda O‘zbekiston Slovakiya qo‘shma konserti bo‘lib o‘tdi

Konsertga YuNESKO bosh direktori, Slovakiya prezidenti, hukumat vakillari va boshqalar tashrif buyurdi.

Samarqandda YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi tadbirlari doirasidaO‘zbekiston va Slovakiya san’atkorlarining qo‘shma konserti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Viloyat Musiqa va drama teatri sahnasida O‘zbekistonning "Bahor" va Slovakiyaning "Luchnitsa" ansambllari o‘zlarining eng yaxshi raqs va musiqiy chiqishlarini namoyish etishdi.

Konsertda YuNESKO Bosh direktori Odri Azule, Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini, O‘zbekiston hukumati vakillari va jamoatchilik ishtirok etdi.

Samarqandda 30 oktyabrdan 14 noyabrga qadar YuNESKOning Bosh konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu konferensiya 1985 yildan buyon birinchi marta YuNESKOning Parijdagi bosh qarorgohi tashqarisida o‘tkazilmoqda. Anjumanga YuNESKO kotibiyatidan 400 kishi va tashkilotga a’zo barcha 194 ta davlatdan 6 mingga yaqin mehmonlar tashrif buyurgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring