Shaxsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan tovarlarning bojsiz normalari qayta ko‘rib chiqiladi
Amalda o‘z ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotgan 800 ga yaqin qonunchilik hujjatlari «tartibga solish gilotinasi» orqali bekor qilinadi.
Bu borada joriy yil 25-noyabr kuni Prezidentning PF–231-sonli «Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik va boshqa sohalardagi ayrim majburiy talablarni qisqartirish, tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi:
- tadbirkorlar uchun moliyaviy operatsiyalarni «E-aktiv» tizimida aks ettirish majburiyatini bekor qilish;
- ko‘chmas mulkka nisbatan garov huquqini ro‘yxatga olishda davlat xizmati narxini 2 baravarga kamaytirish;
- shaxsiy ehtiyoj uchun respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish;
- yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazmagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga muqobil hujjatlar asosida soliq imtiyozlaridan foydalanish imkonini yaratish.
Manba: t.me


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter