Soliqdan qarzdor aholiga elektr uchun to‘lov qilish imkoniyati cheklab qo‘yiladi – eksperiment
PQ-364-son qaror bilan Namangan viloyatida eksperiment tariqasida jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha umumiy summasi 1 mln so‘mdan oshgan soliq qarzdorligini undirishda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanish joriy etiladi.
Joriy yil 16-apreldan kuchga kiradigan mazkur tartib, soliqdan qarzi 1 mln so‘mdan oshgan aholiga elektr uchun to‘lovlarni amalga oshirishga vaqtinchalik cheklovni nazarda tutadi.
O‘z navbatida, cheklov aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi toifalariga qo‘llanilmaydi:
- nogironligi bo‘lgan shaxslar (1 va 2-guruh);
- boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
- ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar;
- qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozli toifalar.
Ma’lumot uchun, Namangan viloyatida bugungi kunda 1 mln so‘mdan yuqori qarzdorligi mavjud jismoniy shaxslar soni 45,8 ming nafarni tashkil etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter