Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda MAN avtobusi yonib ketdi

Toshkentda MAN avtobusi yonib ketdi

Foto: FVV

Toshkent shahridagi 5-avtobus saroyi hududida MAN A22 CNG avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, sabablari o‘rganilmoqda

13 yanvar kuni soat taxminan 02:03 da Toshkent shahridagi “5-Avtobus saroyi” filiali hududida 2018 yilda ishlab chiqarilgan MAN A22 CNG rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshshahartransxizmat AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, filial navbatchi xodimlari tomonidan soat 02:10 da 101 qisqa raqami orqali yong‘in haqida xabar berilgan. Favqulodda vaziyatlar xizmati o‘t o‘chirish bo‘linmasi soat 02:20 da hodisa joyiga yetib kelgan va yong‘in soat 02:40 da to‘liq bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, ushbu avtobusga biriktirilgan haydovchi navbatchi mexaniklar tekshiruvidan o‘tib, transport vositasini texnik soz holatda olib chiqqan. Avtobus yo‘nalishda qatnovlarni to‘liq bajarib, gaz quyish shaxobchasida yoqilg‘i quydirgandan so‘ng filial hududiga qaytarilgan va safga qo‘yilgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring