Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xususiy bog‘chalarda ayrim toifa oilalar farzandlari to‘lovlari qisman qoplab beriladi

Xususiy bog‘chalarda ayrim toifa oilalar farzandlari to‘lovlari qisman qoplab beriladi

Adliya vazirligida «Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ushbu bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi to‘g‘risida»gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Nizom oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan «Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun ota-onalar to‘lovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.

Ota-onalar to‘lovining bir qismi Davlat budjetidan qoplab beriladigan ayrim toifadagi oilalarning farzandlari ro‘yxati axborot tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.

Ayrim toifadagi oilalarning ota-onalar to‘lovini qoplash uchun oilaviy MTTga kompensatsiya tegishli hududda 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan ota-onalar to‘lovining 40 foizi miqdorida ajratiladi.

Kompensatsiya oilaviy MTTga haqiqatda qatnayotgan ayrim toifadagi oilalar farzandlari sonidan kelib chiqib, biroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan oilaviy MTT o‘rtasida tuzilgan bitimda belgilangan o‘rinlarning 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismiga ajratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring