Yangi Toshkent xalqaro aeroportiga metro yo‘li quriladi

Yangi Toshkent xalqaro aeroportiga metro yo‘li qurilishi rejalashtirilgan.
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 15-oktyabr kuni «O‘zbekiston 24» telekanalining «Menimcha» ko‘rsatuvida ma’lum qilgan.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, 1310 gektar hududda qurilayotgan mazkur aeroport samolyotlar parkini 180 ta samolyot bilan to‘ldirilsa, bu O‘zbekiston iqtisodiyotiga yiliga 700 million dollar daromad keltiradi.
«Biz tanlagan joy xavfsizlik, uchish va qo‘nish nuqtai nazaridan eng mo‘’tadil. Aeroport Toshkent va Yangi Toshkent chorrahasida joylashgan. Unga ko‘pi bilan 25 daqiqada yetib boriladi — masofa 24 km. Biroq, biz qatnovlarni tashkil qilamiz, Xudo xohlasa, u yerda metro quramiz. Hammasi uyg‘unlik bilan amalga oshiriladi», – dedi Prezident.
Mirziyoyev o‘z nutqida yaqin besh yil ichida qo‘shimcha 75 ta yangi samolyot sotib olish rejasini ham ma’lum qildi. 2030 yilgacha yo‘nalishlar sonini 230 taga, ichki va xalqaro reyslar hajmini esa yiliga 200 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 15 oktyabr kuni Prezident Toshkent viloyatidagi yangi xalqaro aeroport loyihasini ko‘zdan kechirdi va bo‘lajak aeroportga tamal toshini qo‘yib, qurilish ishlarini rasman boshladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter