«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» To‘lagan Isoqov vafot etdi
O‘FA faxriylar kengashi raisi, O‘FA Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, Murabbiylar kengashi a’zosi, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» To‘lagan Isoqov 76 yoshida vafot etdi.
O‘zbek futbolining jonkuyar fidoyisi, To‘lagan Isoqov o‘z umrini futbolga bag‘ishlagan. U futbolchi sifatida «Paxtakor» jamoasi sharafini 13 mavsum davomida munosib himoya qilgan, 252 o‘yinda maydonga tushib, 52 gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Murabbiylik faoliyatida davomida «Paxtakor», «Zarafshon» va «Surxon» jamoalarini boshqargan, shuningdek, so‘nggi yillarda O‘FA faxriylar kengashiga rahbarlik qilib, mamlakatimizda futbolning ommalashishi, rivojlanishiga, bir so‘z bilan aytganda, futbolning har bir jabhasida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan yetuk mutaxassis edi. Yosh avlodni Vatanga muhabbat, sportga sadoqat bilan yetishib chiqishi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan.
«Xabar.uz» jamoasi To‘lagan Isoqovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter