Narendra Modi Instagram rekordini o‘rnatdi
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 100 million obunachiga ega dunyodagi ilk siyosatchiga aylandi. Bu haqda The Times of India nashri xabar berdi.
Instagramda obunachilari ko‘pligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni AQSh prezidenti Donald Tramp band qildi — uning akkauntini 43 milliondan ortiq foydalanuvchi kuzatib boradi. Uchinchi o‘rinda esa 15 million obunachiga ega Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto.
Modining Instagram sahifasi 2014-yilda ochilgan. Hozirga qadar uning sahifasida 1200 dan ortiq post joylashtirilgan.
Taqqoslash uchun: Instagram tarixidagi mutlaq rekord portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga tegishli — uning kuzatuvchilari soni 671 milliondan oshadi. 2024-yilda Ronaldu barcha ijtimoiy tarmoqlardagi (Instagram, Facebook, X, YouTube, Kuaishou va Weibo) jami obunachilari soni 1 milliardga yetgan dunyodagi ilk inson sifatida tarixga kirgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter