Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AP: AQShning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilari urushni to‘xtatmaslikni so‘ramoqda

AP: AQShning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilari urushni to‘xtatmaslikni so‘ramoqda

Foto: Associated Press

Fors ko‘rfazi davlatlari Eronga qarshi urushni to‘xtatmaslik tashabbusi bilan chiqdi. 

Associated Press (AP) agentligi manbalarga asoslanib xabar berishicha, AQShning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilari prezident Donald Trampni Eron rejimi qat’iy mag‘lub bo‘lmaguncha harbiy operatsiyalarni davom ettirishga chaqirmoqda. 

Saudiya Arabistoni, BAA, Kuvayt va Bahrayn rasmiylari AQShning Eronga qarshi hujumlarini Islom Respublikasi rahbariyatida yoki xatti-harakatlarida tub o‘zgarishlar bo‘lmaguncha to‘xtatishini istamasliklarini bildirishdi. AP xabar berishicha, O‘mon va Qatar mojaroga diplomatik yechim topishga umid qilib, davom etayotgan harbiy harakatlarga qarshi pozitsiyada turibdi. 

Bir manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni va BAA urush yoqlovchi koalitsiyaga boshchilik qilmoqda. Manba agentlikka Saudiya rasmiylarining Eronning yadroviy dasturi hali yo‘q qilinmagani sababli, hozirda harbiy harakatlarni to‘xtatish qo‘shnilarning xavfsizligini ta’minlamaydi, deb hisoblashini aytdi. 

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga hujum boshlagan edi. Bunga javoban Tehron Isroilga va Fors ko‘rfazidagi AQSh bazalariga hujum qilmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp Erondagi «yangi va jiddiyroq»  rejim bilan sulh tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini aytdi. Oq uy Vashington Tehron bilan energetika inshootlariga hujumlarga moratoriy qo‘yishning oxirgi muddati bo‘lgan 6 aprelgacha kelishuvga erishishga umid qilayotganini ma’lum qildi. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochmasdan Eron bilan urushni tugatishga tayyor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring