Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Daniya va Grenlandiya vakillari Trampning maslahatchilari bilan uchrashdi

Daniya va Grenlandiya vakillari Trampning maslahatchilari bilan uchrashdi

Daniya va Grenlandiyaning AQShdagi vakillari Trampning maslahatchilari bilan uchrashdi, deb xabar berdi Associated Press.

Xabarga ko‘ra, ular amerikalik qonun chiqaruvchilar va Tramp ma’muriyatining muhim shaxslarini Qo‘shma Shtatlarning Grenlandiyaga da’vosidan voz kechishga ishontirish uchun faol harakatlarni boshlagan.

Daniyaning AQShdagi elchisi Yesper Meller Syorensen va Grenlandiyaning Vashingtondagi bosh vakili Yakob Isbosetsen payshanba kuni Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi vakillari bilan uchrashdi, deb yozdi agentlik maxfiylik sharti bilan ma’lumot bergan daniyalik amaldorlarga asoslanib.

Agentlik Oq uydan ushbu uchrashuvni izohlashni so‘radi, ammo javob olmadi. Daniya va Grenlandiya vakillari amerikalik qonun chiqaruvchilar bilan ham bir qator uchrashuvlar o‘tkazgani aytilmoqda.

Kelgusi haftada AQSh davlat kotibi Marko Rubio daniyalik rasmiy shaxslar bilan uchrashishini agentlik eslatib o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring