«Frankenshteyn»: Turkiyada koronavirusning yangi shtammi tarqalyapti
Turkiyada so‘nggi haftalarda nafas yo‘llari infeksiyalari keskin ko‘paygan. Bu haqda shifokor, o‘pka kasalliklari bo‘yicha mutaxassis prof. Shevket O‘zkaya ma’lum qildi.
Uning aytishicha, gripp, COVID-19 va RSV virusi bir paytning o‘zida tarqalayotgani sababli mamlakatda «uchtalik epidemiya» kuzatilmoqda.
O‘zkayaning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda tez sur’at bilan yoyilayotgan COVID-19’ning yangi, «Frankenshteyn» deb nomlangan varianti endilikda Turkiyada ham qayd etilgan.
«Hozircha og‘ir yoki hayot uchun xavfli holatlar aniqlanmadi, ammo bu shtamm juda yuqumli va Yevropadan to Osiyogacha tez tarqalmoqda», – deydi professor.
Shifokor hozirgi iqlim sharoitiga ham e’tibor qaratib, kun davomidamgi keskin issiq-sovuq almashishi immun tizimini zaiflashtirayotgani, shu bois grippga o‘xshash kasalliklar uzoq davom etayotgani va bu bir nechta virusning ta’sirida og‘irlashayotganini aytadi.
Professor O‘zkaya gripp yoki kovid o‘tkazgan ba’zi bemorlarda kasallik o‘pkaga tushib, zotiljamga (pnevmoniya) aylanishi mumkinligini ta’kidladi.
«Bu viruslar odamni butunlay yotqizib qo‘ymaydi, ammo kundalik faoliyatni qiyinlashtiradi. Ko‘pchilik kasal bo‘lganini bilmagan holda ishga chiqishda davom etayotgani sababli, virus tarqalishi kengaymoida», – dedi u.
Shifokor, fuqarolarga grippga o‘xshash belgilar (yo‘tal, isitma, bo‘g‘im og‘rig‘i) sezilganda uyda dam olishni, uzoq yo‘tal yoki nafas qisilishi bo‘lsa, shifokorga murojaat qilib, o‘pka rentgeni tekshirishni hamda karantin qoidalariga rioya qilishni tavsiya qilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter