Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniya razvedkasi Obama suhbatlarini yashirincha tinglab kelgan

Germaniya razvedkasi Obama suhbatlarini yashirincha tinglab kelgan

Die Zeit gazetasi surishtiruviga ko‘ra, Germaniyaning Federal razvedka xizmati (BND) bir necha yil davomida AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning telefon suhbatlarini tinglab kelgan. Suhbatlar Obama prezidentlik samolyoti Air Force One da bo‘lgan paytda ushlab olingan.

Bu amal texnik nosozliklar sababli mumkin bo‘lgan: samolyotdagi aloqa shifrlanishida kamchiliklar bo‘lgan va nemis razvedkasi prezident qo‘ng‘iroqlari amalga oshirilgan chastotalarni bilgan. Shu bilan birga, AQSh Germaniya razvedkasining rasmiy kuzatuv mandatiga kirmagan.

Tinglangan suhbatlar stenogrammasi faqatgina razvedkaning eng yuqori rahbariyatiga taqdim etilgan va o‘qilgandan so‘ng yo‘q qilingan. Umumlashtirilgan ma’lumotlar esa kansler devoniga yetkazib turilgan.

2014-yilda AQSh davlat kotibi Hillari Klinton suhbatlari ham tinglangani fosh etilgandan so‘ng, Germaniya hukumati bu amaliyotni to‘xtatgan edi. Ammo o‘sha paytda Obamaning o‘zi ham tinglangani kanslerga ma’lum bo‘lmagan.

Qizig‘i shundaki, 2013-yilda AQSh Milliy xavfsizlik agentligi Angela Merkel telefonini tinglagani oshkor bo‘lgach, kansler «do‘stlarni kuzatish mumkin emas» deb keskin tanqid qilgan edi. https://theins.ru/news/288260?

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring