Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shol bo‘lib qolgan ayol fazoni zabt etdi

Shol bo‘lib qolgan ayol fazoni zabt etdi

Foto: Blue Origin

Aerokosmik texnika va mexatronika muhandisi, 33 yoshli Mikaela Benthaus (Germaniya) Blue Origin kompaniyasining New Shepard kemasida fazoga parvoz qildi.

Benthaus yetti yil avval tog‘ velosipedida baxtsiz hodisaga uchrab, shol bo‘lib qolgan.

2024-yilda Benthausga SpaceX sobiq rahbari Hans Kyonigsmann fazoga uchishni taklif qiladi. Parvozga homiylikni o‘z bo‘yniga olgan tadbirkor Byenthaus va yana to‘rt yo‘lovchi bilan birga fazoga parvoz qildi.

Nogironlar aravachasini tark etgan muhandis ayol 105 kilometr balandlikdan Yerni vaznsizlik holatida tomosha qildi. «Butun sayohat davomida o‘zimni kulishdan to‘xtatolmadim, vaznsizlikda ag‘darilishga harakat qildim bu men uchun eng zo‘r tajriba bo‘ldi!», dedi Benthaus Yerga qaytgandan so‘ng.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring