Iroq neft qazib olishni deyarli to‘xtatdi
Iroq Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli neft qazib olishni deyarli to‘xtatdi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
OPEKning ikkinchi yirik neft ishlab chiqaruvchisi hisoblangan Iroq kuniga 3 million barrel neft qazib olardi. Bu jarayonning to‘xtatilishiga Hurmuz bo‘g‘ozining Eron tomonidan yopilishi, neft omborlarining to‘lib qolgani va kema qatnovi bilan bog‘liq xavflar sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun: shu paytgacha Iroq neftining qariyb uchdan ikki qismini muntazam ravishda Xitoy va Hindiston sotib olgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter